Notariuslar

Notariusga tayyor qoralama bilan boring

Qonunga ko‘ra, hujjat loyihasini o‘zingiz tayyorlab kelsangiz, notarius loyiha tayyorlash haqini olmaydi («Notariat to‘g‘risida»gi Qonun, 21-modda). Kerakli hujjatlar ro‘yxatini, davlat boji miqdorini va tayyor shablonni shu yerdan oling, keyin yaqin notariusni tanlang.

Qaysi notarial harakat kerak?

O‘zingiz bilan olib boring

  • Pasport yoki ID-karta (2026-yildan Face-ID bilan ham)
  • Mulk huquqini tasdiqlovchi hujjat (shartnoma, meros guvohnomasi, sud qarori, kadastr ko‘chirmasi va h.k.)
  • Er-xotin umumiy mulki bo‘lsa — turmush o‘rtog‘ining roziligi
  • Mulk garovda bo‘lsa — garovga oluvchining roziligi

Kommunal, soliq va MIB qarzlari, kadastr ma’lumoti, ro‘yxatdagi shaxslar — notarius tizimdan o‘zi oladi.

Taxminiy xarajat

Davlat boji
440 000 so'm

Boshqa hududlarda 0,5 BHM; yaqin qarindoshlarga 50%.

Loyiha tayyorlash haqi (ko‘pi bilan)
0 so‘m132 000 so'm
Shablonni tayyorlash

Miqdorlar BHM asosida hisoblangan (2026-10 holatiga) va taxminiy. Aniq summani notarius yoki e-notarius.uz kalkulyatori orqali tekshiring.

Notarius tanlang

Siz notariusmisiz?

Mijozlar sizga tayyor qoralama va to‘liq hujjatlar ro‘yxati bilan keladi. Profilingizni xaritaga qo‘shing, mijoz so‘rovlarini bitta panelda ko‘ring. Litsenziyangiz e-notarius.uz reyestri bo‘yicha tekshiriladi.

Notarius sifatida ro‘yxatdan o‘tish